Foydalanish shartlari
Oxirgi yangilanish:
Xizmatdan foydalanish orqali Siz quyidagi shartlarga rozilik bildirasiz. Shartlarga qo‘shilmasangiz, xizmatdan foydalanmang.
Xizmat haqida
Savola - so‘rovnoma tuzish, uni havola orqali tarqatish va javoblarni yig‘ish uchun xizmat.
Xizmat o‘zbek tilida ishlaydi va oddiy veb-brauzer orqali ochiladi.
Xizmat hozircha bepul va faol rivojlanish bosqichida.
Hisob va javobgarlik
Hisobingizga telefon raqamingizga SMS orqali yoki elektron pochtangizga yuborilgan bir martalik kod bilan kiriladi. Kodni hech kimga bermang; kirish ma’lumotlarini himoya qilish Sizning zimmangizda.
Hisobingiz orqali qilingan barcha ishlar Siz qilgan deb hisoblanadi.
Hisobingiz begona qo‘lga o‘tganini sezsangiz, darhol bizga xabar bering.
Taqiqlangan mazmun
So‘rovnomalar orqali biometrik va genetik ma’lumotlarni yig‘ish qat’iyan taqiqlanadi.
Telekommunikatsiya ma’lumotlarini hamda boshqa shaxsning ma’lumotlarini roziliksiz yig‘ish ham taqiqlanadi.
Qonunga zid, aldov yoki boshqalarga zarar yetkazuvchi mazmunni so‘rovnoma orqali tarqatish taqiqlanadi.
Respondentlar oldida javobgarlik
So‘rovnoma egasi o‘z respondentlari oldida ma’lumot nazoratchisi hisoblanadi.
Ya’ni javoblarni nima uchun yig‘ayotganingizni respondentga tushuntirish va ularning murojaatlariga javob berish Sizning zimmangizda.
Savola bu javoblarni faqat Sizning nomingizdan saqlaydi.
Xizmat “bor holicha” taqdim etiladi
Xizmat “bor holicha” taqdim etiladi: uzluksiz ishlashi yoki xatolardan butunlay xoli bo‘lishi kafolatlanmaydi.
Xizmatdan foydalanish natijasida yuzaga kelgan bilvosita zarar uchun javobgarlik olinmaydi.
Siz uchun muhim javoblarni o‘z vaqtida yuklab olib, nusxasini saqlab qo‘yishni tavsiya qilamiz.
Xizmatni to‘xtatish
Siz istalgan vaqtda hisobingizni o‘chirib, xizmatdan foydalanishni to‘xtatishingiz mumkin.
Bu shartlar buzilganda hisobni to‘xtatib qo‘yish yoki o‘chirish huquqini o‘zimizda saqlab qolamiz.
Shartlar o‘zgarsa, sahifa boshidagi yangilanish sanasi almashadi.
Aloqa
Bu shartlar bo‘yicha savol, shikoyat yoki huquqiy murojaatingiz bo‘lsa, quyidagi manzillarga yozing.
- Nomi
- YaTT Khurshid Marazikov
- Manzili
- Bogibuston 240, Toshkent
- Elektron pochta
- privacy@savola.uz